Maxfiylik siyosati
Maxfiylik siyosati
Ushbu siyosat Registan Journal (bundan keyin — Jurnal) foydalanuvchilarning shaxsga doir maʼlumotlarini qanday yigʻishi, saqlashi va ishlatishini belgilaydi. Maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq qayta ishlanadi.
Qanday maʼlumotlar yigʻiladi
- Roʻyxatdan oʻtishda: ism, familiya, email, ish joyi, mamlakat, ORCID (ixtiyoriy).
- Maqola yuborishda: mualliflar va hammualliflar haqidagi maʼlumotlar, maqola fayllari.
- Toʻlovda: toʻlov summasi va holati. Karta maʼlumotlari Jurnalga berilmaydi, ular faqat toʻlov tizimida (Click, Payme) qayta ishlanadi.
- Texnik maʼlumotlar: IP-manzil, brauzer turi, tashrif vaqti (xavfsizlik va statistika uchun).
Maʼlumotlardan foydalanish maqsadi
- Maqolani qabul qilish, taqrizdan oʻtkazish va chop etish.
- Muallif, taqrizchi va tahririyat oʻrtasida yozishmalar.
- Toʻlovni tasdiqlash va sertifikat berish.
- Chop etilgan maqolada mualliflar haqidagi maʼlumotlarni (ism, ish joyi, email, ORCID) eʼlon qilish va ularni ilmiy bazalarga (Crossref, Google Scholar) yuborish.
Maʼlumotlar boshqa maqsadlarda ishlatilmaydi, sotilmaydi va uchinchi shaxslarga berilmaydi. Qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.
Saqlash va himoya
Maʼlumotlar Oʻzbekiston hududidagi serverda saqlanadi. Saytga ulanish shifrlangan (HTTPS). Maʼlumotlarga faqat ularni ish uchun kerak boʻlgan tahririyat xodimlari kira oladi.
Foydalanuvchi huquqlari
Foydalanuvchi oʻz maʼlumotlarini kabinetida koʻrishi va oʻzgartirishi mumkin. Akkauntni oʻchirish yoki maʼlumotlardan foydalanishga rozilikni qaytarib olish uchun [email protected] manziliga yozing. Chop etilgan maqoladagi mualliflik maʼlumotlari ilmiy yozuvning bir qismi sifatida saqlanadi.
Cookie fayllar
Sayt faqat tizimga kirishni saqlash uchun zarur cookie fayllardan foydalanadi. Reklama cookie fayllari ishlatilmaydi.