Taqdimotlar

Yuborish uchun {$ login} yoki {$ register}.

Muallif ko'rsatmalar

Mualliflar uchun qoʻllanma

Maqola jurnal tizimi orqali onlayn yuboriladi: roʻyxatdan oʻting, “Maqola yuborish” tugmasini bosing va faylni .docx formatida yuklang. Maqolani jurnalning Word shabloni asosida tayyorlash tavsiya etiladi.

Shablonni yuklab olish: oʻzbekcha · ruscha · inglizcha

Umumiy talablar

  • Til: oʻzbek (lotin yozuvida), rus yoki ingliz.
  • Hajmi: 5–12 bet (A4), adabiyotlar roʻyxati bilan birga.
  • Mualliflar soni: koʻpi bilan 4 kishi. Har bir muallif uchun ORCID koʻrsatish tavsiya etiladi.
  • Originallik: antiplagiat tekshiruvida kamida 75%.
  • Maqola avval chop etilmagan va boshqa jurnalga bir vaqtda yuborilmagan boʻlishi kerak.

Rasmiylashtirish

  • Shrift Times New Roman, 14 pt; qatorlar oraligʻi 1,5; barcha hoshiyalar 2 sm; xatboshi 1,25 sm.
  • Jadvallar va rasmlar raqamlanadi va nomlanadi; rasmlar kamida 300 dpi sifatda boʻladi.
  • Formulalar Word formula muharririda yoziladi va raqamlanadi.
  • Sahifa raqamlari va avtomatik izohlar (footnote) ishlatilmaydi; havolalar matn ichida kvadrat qavsda beriladi: [1], [2, 15-b.].

Maqola tuzilishi

  1. UDK — sarlavhadan oldin, chap tomonda.
  2. Sarlavha — 12 soʻzdan oshmasin, maqola tilida va ingliz tilida.
  3. Mualliflar haqida maʼlumot — F.I.Sh., ilmiy daraja va unvon, ish joyi, shahar, mamlakat, email, ORCID.
  4. Annotatsiya — oʻzbek, rus va ingliz tillarida, har biri 100–150 soʻz: maqsad, usul, asosiy natija va xulosa.
  5. Kalit soʻzlar — 5–8 ta, uch tilda.
  6. Asosiy matn — Kirish; Adabiyotlar sharhi; Metodologiya; Natijalar va muhokama; Xulosa.
  7. Minnatdorchilik va moliyalashtirish (boʻlsa).
  8. Adabiyotlar roʻyxati — kamida 10 ta manba, APA yoki GOST uslubida. Iloji boricha soʻnggi 10 yildagi manbalar va DOI koʻrsatiladi.

Yuborishdan oldin tekshiring

  • Fayl .docx formatida va shablon talablariga mos.
  • Annotatsiya va kalit soʻzlar uch tilda berilgan.
  • Barcha jadval, rasm va havolalar matnda tilga olingan.
  • Yashirin taqriz uchun yuklangan faylda mualliflar ismi va ish joyi olib tashlangan (ular tizimdagi maʼlumotlarda koʻrsatiladi).
  • Barcha hammualliflar maqolani yuborishga rozi.

Keyingi bosqichlar

Maqola holati kabinetingizda koʻrinadi, har bir oʻzgarish emailga ham keladi. Maqola qabul qilingach, toʻlov havolasi yuboriladi. Toʻlovdan keyin maqola tanlangan tarif muddatida onlayn chop etiladi va elektron sertifikat emailingizga keladi.

Mualliflik huquqi

Mualliflar maqolaga boʻlgan mualliflik huquqini oʻzlarida saqlab qoladi va jurnalga birinchi nashr huquqini beradi. Maqola CC BY 4.0 litsenziyasi bilan tarqatiladi. Mualliflar maqolani jurnalda birinchi chop etilganini koʻrsatgan holda boshqa joylarda (repozitoriy, shaxsiy sahifa, kitob) joylashtirishi mumkin.

Arizalarni tayyorlash uchun nazorat ro'yxati

##default.contextSettings.checklist##

Iqtisodiyot fanlari (08.00.00)

Regional and world economy; finance, banking and taxation; digital economy and marketing.

Texnika fanlari (05.00.00)

Information technology; energy and mechanical engineering; construction and architecture.

Pedagogika fanlari (13.00.00)

Theory and methods of teaching; higher education pedagogy; inclusive and distance learning.

Maxfiylik bayonoti

Maxfiylik siyosati

Ushbu siyosat Registan Journal (bundan keyin — Jurnal) foydalanuvchilarning shaxsga doir maʼlumotlarini qanday yigʻishi, saqlashi va ishlatishini belgilaydi. Maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq qayta ishlanadi.

Qanday maʼlumotlar yigʻiladi

  • Roʻyxatdan oʻtishda: ism, familiya, email, ish joyi, mamlakat, ORCID (ixtiyoriy).
  • Maqola yuborishda: mualliflar va hammualliflar haqidagi maʼlumotlar, maqola fayllari.
  • Toʻlovda: toʻlov summasi va holati. Karta maʼlumotlari Jurnalga berilmaydi, ular faqat toʻlov tizimida (Click, Payme) qayta ishlanadi.
  • Texnik maʼlumotlar: IP-manzil, brauzer turi, tashrif vaqti (xavfsizlik va statistika uchun).

Maʼlumotlardan foydalanish maqsadi

  • Maqolani qabul qilish, taqrizdan oʻtkazish va chop etish.
  • Muallif, taqrizchi va tahririyat oʻrtasida yozishmalar.
  • Toʻlovni tasdiqlash va sertifikat berish.
  • Chop etilgan maqolada mualliflar haqidagi maʼlumotlarni (ism, ish joyi, email, ORCID) eʼlon qilish va ularni ilmiy bazalarga (Crossref, Google Scholar) yuborish.

Maʼlumotlar boshqa maqsadlarda ishlatilmaydi, sotilmaydi va uchinchi shaxslarga berilmaydi. Qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.

Saqlash va himoya

Maʼlumotlar Oʻzbekiston hududidagi serverda saqlanadi. Saytga ulanish shifrlangan (HTTPS). Maʼlumotlarga faqat ularni ish uchun kerak boʻlgan tahririyat xodimlari kira oladi.

Foydalanuvchi huquqlari

Foydalanuvchi oʻz maʼlumotlarini kabinetida koʻrishi va oʻzgartirishi mumkin. Akkauntni oʻchirish yoki maʼlumotlardan foydalanishga rozilikni qaytarib olish uchun [email protected] manziliga yozing. Chop etilgan maqoladagi mualliflik maʼlumotlari ilmiy yozuvning bir qismi sifatida saqlanadi.

Cookie fayllar

Sayt faqat tizimga kirishni saqlash uchun zarur cookie fayllardan foydalanadi. Reklama cookie fayllari ishlatilmaydi.